Xitoydagi aviahalokat haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi 

Olam

image

Avvalroq, China Eastern aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti Xitoy janubida halokatga uchragani haqida xabar bergandik.  

Qutqaruvchilar haligacha aviahalokatda tirik qolganlar yoki yo‘lovchilar va ekipaj a’zolarining jasadlarini topgani yo‘q. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi qutqaruvchilarga tayanib xabar bergan.  

“Hozirgi vaqtga qadar, qutqaruvchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, voqea joyida halokatga uchragan samolyotning bo‘laklari topilgan, biroq bedarak yo‘qolganlar hali topilmagan”, deb xabar bergan telekanal bugun, 22 mart kuni soat 09:50 da (Toshkent vaqti bilan 06:50). 

Ta’kidlanishicha, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Tog‘li hudud qidiruv ishlari uchun katta qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, kecha, 21 mart kuni Xitoyning Guanchjou avtonom rayoni, Uchjou shahri, Teng tumanida China Eastern Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi va o‘rmon yong‘iniga sabab bo‘ldi. Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi bortida 132 kishi, jumladan 123 yo‘lovchi va to‘qqiz nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan samolyot halokatga uchraganini tasdiqladi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy aviahalokat

Baholaganlar

640

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing