Xitoyda yuk kemasi ko‘prikni buzib yubordi

Olam

image

Xitoy janubidagi Guanchjou shahrida yuk kemasi ko‘prikka urilishi oqibatida inshootning bir qismi qulab tushdi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.

Aytilishicha, Foshan shahridan ketayotgan bo‘sh konteyner kemasi Chjutszyan daryosi ustidagi Lisinsha ko‘prigining tayanchiga urilgan. Bu ko‘prikning bir qismi qulashiga olib kelgan. Shundan so‘ng voqea joyiga tegishli bo‘linmalar yetib borib, qutqaruv ishlarini olib bordi. Lisinsha ko‘prigi bo‘ylab harakat vaqtincha to‘sib qo‘yilgan. Mashinalarning suvga qulagani haqida ham xabarlar bor.

Qayd etilishicha, avtobus suvga qulagan — dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha paytda avtobusda faqat bitta haydovchi bo‘lgan.

“South China Morning Post” gazetasining yozishicha, bir nechta avtomobil ham suvga tushib ketgan. Qurbonlar va jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Madina Otaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xitoy yuk kemasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing