Xitoyda yirik YTH oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Xitoyning Szyansi provinsiyasida yuz bergan yo‘l transport hodisasi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi, 22 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Sinmin” nashri mahalliy hokimiyat bayonotiga tayanib xabar berdi.

“Nanchan okrugidagi shosseda yirik yo‘l transport hodisasi yuz berdi. Hodisa oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi, 22 kishi jarohat oldi. Barcha jabrlanganlar o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yetkazildi. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda”, deyiladi xabarda.

“Mshaoxing” portaliga ko‘ra, yirik avariyaning taxminiy sababi tuman bo‘lib, 8 yanvar kuni ertalab Nanchan okrugi politsiyasi tomonidan ogohlantirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 28 dekabrida Xitoyda 200 ta mashina ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing