Xitoyda yirik geksakopter sinovdan o‘tkazildi
Texnologiya
−
13 dekabr 2324 2 daqiqa
Xitoy aviatsiya sanoati korporatsiyasi (AVIC) og‘irligi 800 kilogramm bo‘lgan AR-E800 geksakopterini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda “China Army” xabar berdi.
Qayd etilishicha, sinov parvozi Szyansi provinsiyasidagi “Szindechjen” aeroportida o‘tkazilgan. Olti juft vintga ega geksakopter 4 daqiqa ichida uchish, havoda muallaq turish, manevrlar bajarish va belgilangan nuqtaga qo‘nishni amalga oshirgan. Og‘ir dron ichki bo‘limida ham, tashqi osmada ham 300 kilogrammgacha yuk tashish imkoniyatiga ega. AR-E800 yetib borish qiyin bo‘lgan tog‘li hududlarga uskuna va qurol-aslaha yetkazib berishda qo‘llanilishi mumkin.

Apparat ilk bor 2025 yil sentyabr oyida Szyansi shahrida bo‘lib o‘tgan 7-xalqaro vertolyot ko‘rgazmasida namoyish etilgan. AVIC ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sha paytga kelib 160 ta tasdiqlangan va dastlabki buyurtmalar mavjud bo‘lgan bo‘lib, bu Xitoyning mintaqaviy logistika operatorlari hamda davlat tuzilmalari tomonidan unga bo‘lgan yuqori qiziqishni ko‘rsatadi.

Ma’lumot uchun, geksakopter – bu olti dona aylanuvchi rotor (dvigatel)ga ega bo‘lgan uchuvchisiz uchish apparati. Klassik kvadrokopterlardan (to‘rtta dvigatelli) farqli o‘laroq, geksakopter qo‘shimcha ikki dvigatel hisobiga yuqoriroq yuk ko‘tarish qobiliyati va barqarorlikka ega.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning yetakchi robot ishlab chiqaruvchilaridan biri – UBTech Robotics kompaniyasi Xitoy va Vetnam o‘rtasidagi chegara punktlariga o‘z robotlarini joylashtirishi haqida xabar berilgan edi. Odamsimon robotlar sayohatchilarga hamrohlik qiladi, ko‘rikdan o‘tkazadi, hududni patrullaydi va logistika vazifalarini bajaradi.
Live
Barchasi