Xitoyda yaqin kelajakda O‘RVI bilan bog‘liq vaziyat keskinlashishi aytildi
Salomatlik
−
26 noyabr 2023
5634Xitoyda yaqin kelajakda o‘tkir respirator virusli infeksiyaga (O‘RVI) chalinish holati keskin ko‘payishi kutilmoqda. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha Davlat qo‘mitasi vakili Mi Fen ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda O‘RVIning keng tarqalishiga ko‘p hollarda gripp virusi sabab bo‘lmoqda. Ya’ni, har xil turdagi nafas olish patogenlarining bir-biriga mos kelib qolishi aynan oddiy shamollash vaqtida bemor organizmidagi gripp virusi infeksiyasining turlanishi bilan bog‘liq.
“So‘nggi paytlarda o‘tkir respirator virusli infeksiyalar ko‘p hollarda gripp virusi sabab tarqalmoqda, biroq bir qator bemorlarda rinovirus, mikoplazma pnevmoniyasi, respirator-sinsitial virus va adenovirus qayd etilgan”, degan Mi Fen.
Ma’lumot uchun, 23 noyabr kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Xitoy sog‘liqni saqlash idoralari bilan telekonferensiya o‘tkazgan, unda may oyidan beri bolalarning mikoplazma pnevmoniyasi, oktyabr oyidan esa RSV, adenovirus va gripp virusi bo‘yicha ambulator konsultatsiyalar va shifoxonaga yotqizishlar soni ko‘paygani haqida ma’lumotlar olingan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 noyabr kuni O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ham Toshkent shahrida kichik yoshdagi bolalarning nafas yo‘llari yuqumli kasalliklariga chalinishi ko‘paygani, buning oqibatida poytaxtdagi bolalar klinik shifoxonalariga yuklamalar ham ortganini ma’lum qildi.
LiveBarchasi