Xitoyda toshqin sabab to‘g‘on vayron bo‘ldi. Qurbonlar bor

Olam

image

Kecha, 20 iyul kuni, Xitoyning Xenan provinsiyasi Chjenchjou shahri yaqinidagi to‘g‘on suv toshqini natijasida vayron bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda. 

Xabarda keltirilishicha, toshqin halokatli tus olib, 12 kishi vafot etgan, 100 ming aholi evakuatsiya qilingan.

Davom etayotgan toshqin  oqibatida  provinsiyasida joylashgan Chjenchjou metrosini ham suv bosgan va qutqaruvchilar bloklanib qolgan yo‘lovchilarni evakuatsiya qilgan. Hozirda qutqaruv ishlariga 6000 dan ortiq harbiy va o‘t o‘chirish xizmati xodimlari jalb qilingani aytilmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Chjenchjou aeroporti chorshanba kunigacha parvozlarni bekor qildi.

Наводнение в Чжэнчжоу, Китай - RIA Novosti, 1920, 21.07.2021

Avvalroq, Ukraina poytaxti Kiyevda ikkita metro stansiyasini suv bosishi oqibatida,  shaharning ko‘plab hududlari suv ostida qolgani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, Yevropaning ko‘plab davlatlarida, jumladan, Germaniya, Avstriya, Belgiya, Chexiya, Niderlandiya kabi davlatlarda kuchli yomg‘irlar oqibatida toshqinlari yuzaga kelyapti. Shuningdek, Fransiya va Britaniya davlatlarida tinimsiz yomg‘ir yog‘yapti. hozirgacha birgina Germaniyada toshqinlar natijasida 160 dan ortiq odam halok bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

145

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing