Xitoyda super aniq atom soati ishlab chiqildi
Olam
−
07 yanvar
3481Xitoylik olimlar yuqori aniqlikdagi ko‘chma atom soatini ishlab chiqdi. Ushbu soatlar kelajakda harbiy mojarolar xarakteriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu haqda “South China Morning Post” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, mazkur soatlar jangovar hududlarga olib borilishi va zamonaviy urush usullarini tubdan o‘zgartirishi kutilmoqda. Yuqori aniqlikdagi vaqtni o‘lchash tizimi radarlarning sinxron ishlashiga imkon beradi, ular esa ko‘rinmas samolyotlarni aniqlash va kuzatishda yordam beradi. Bunday soatlar, shuningdek, radioelektron kurash (REK) signallarining sifatini yaxshilashga va katta hajmdagi ma’lumotlarni uzatishni osonlashtirishga yordam beradi.
Qayd etilishicha, soat Xitoy armiyasiga REK, yo‘naltirilgan energiya qurollari va dron texnologiyalari sohasida AQSH armiyasiga nisbatan sezilarli ustunlik berishi mumkin.
Balandligi taxminan 1,5 metr va o‘lchami muzlatgichdek bo‘lgan sezyum soati hatto og‘ir sharoitlarda ham uning xatosi 0,2 kvadrillion soniyadan (15 nolga ega birlik) oshmaydi. Bundan tashqari, ushbu soatlar uzoq vaqt davomida mutaxassislar yordamisiz avtomotik tarzda ishlashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq olimlar hayvonlarning virtual reallikda qanday harakat qilishini yaxshiroq o‘rganish maqsadida sichqonlar uchun maxsus kichik VR (virtual reallik) ko‘zoynaklarini ishlab chiqqan edi.
LiveBarchasi