Xitoyda sun’iy go‘sht ishlab chiqaruvchi zavod ishga tushdi

Texnologiya

image

Shanxayda joylashgan CellX kompaniyasi sun’iy go‘sht ishlab chiqaruvchi tajriba zavodini ishga tushirdi. Bu haqda RIA Novosti nashri ma’lum qildi.

Bildirilishicha, bu yil oxirida CellX sun’iy go‘shtni sotishga ruxsat olish uchun AQSH va Singapurga murojaat qiladi. Chunki hozircha laboratoriyada yetishtirilgan mahsulotlarni faqat ushbu mamlakatlarda sotish tasdiqlangan. Ammo Xitoy kompaniyasi 2025 yilgacha xalqaro bozorga chiqishni rejalashtirmoqda.

“Biz sinovlarni 2025 yilgacha yakunlashni rejalashtirganmiz. Keyin esa ushbu amaliyot yiliga yuzlab tonna mahsulot ishlab chiqarishga qodir bo‘lgan majmuamiz uchun qo‘llaniladi”, dedi kompaniya bosh direktori Yang Tsiliang.

Korxonada ikki ming litr hajmli bioreaktor mavjud. Keyinchalik jihozlar sonini ko‘paytirish, mahsulot tannarxining yuqori sifatini saqlab qolgan holda narxni tushirish rejalashtirilgan. Unga ko‘ra, bunday sun’iy go‘shtning kilogrammi yuz dollardan ham arzonroq sotiladi.

Biroq bu turdagi go‘shtni yetishtirishda bir qator qiyinchilik va kamchiliklar bor. Xususan, mamlakat oldida 1,4 milliard odamni oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun hayvon oqsili manbasini topish muammosi turibdi.

Ma’lumot uchun, 2022 yil yanvar oyida Xitoy Qishloq xo‘jaligi vazirligi besh yillik rejasini e’lon qildi. Hujjatda birinchi navbatda turli xil innovatsion mahsulotlar tilga olingan, ular orasida sun’iy go‘sht ham bor edi.

Eslatib o‘tamiz, Amerika Qo‘shma Shtatlarida birinchi su’niy tovuq go‘shti yetishtirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy go'sht zavod sun'iy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing