Laboratoriyada sun’iy tovuq yetishtirildi
Bu qiziq
−
27 iyun 2023
11689Amerika Qo‘shma Shtatlarida birinchi su’niy tovuq go‘shti yetishtirildi. Bu xaqda “Smithsonian Magazine” nashri xabar berdi.
Laboratoriyada sun’iy tovuq go‘shtini yetishtirish jarayoni tirik hayvonlardan to‘qimalar namunalarini ajratib olish va ularni o‘stirishni o‘z ichiga oladi. Go‘sht hayvon hujayralariga ozuqa moddalari aralashmasini zanglamaydigan po‘latdan yasalgan idishlarda berish orqali tayyorlangan.
AQSH Qishloq xo‘jaligi Departamenti ikkita kompaniyaga laboratoriyada hujayralardan o‘stirilgan tovuqni sotishga ruxsat berdi. Bu “Assoseated Press” hamda “Upside Foods” kompaniyalaridir.
Kompaniyalar mahsulot hayvonlarni o‘ldirish orqali olinadigan go‘shtga muqobil bo‘lishiga umid qilmoqda. Bu turdagi go‘sht tabiatga ham ancha foydalidir. Sin’iy go‘sht odatdagi go‘sht ishlab chiqarishga qaraganda 80 foizga kamroq zararli gaz chiqaradi va uni ishlab chiqarish antibiotiklarni talab qilmaydi.
"Bunda so‘yiladigan hayvonlarni boqishga mo‘ljallangan barcha yer va suvni boshqa maqsadda ishlatishimiz mumkin", dedi Josh Tetrik, shunday turdagi go‘shtni tayyorlashga asoslangan “Eat Just” korxonasi asoschisi va bosh direktori.
So‘yiladigan hayvonlarni ko‘paytirishning an’anaviy usuli bir qator kamchiliklarga ega. Global zararli gaz chiqindilarining to‘rtdan bir qismi oziq-ovqat ishlab chiqarishga to‘g‘ri keladi. 2021 yilgi tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, oziq-ovqat sanoati zararli gazlarining 57 foizini hayvonlardan olinadigan mahsulotlar tashkil etadi.
"AQSHdan kelayotgan yangilik butun qishloq xo‘jaligi ekotizimining rivojlanishidir", deydi Maarten Bosch, Gollandiyaning go‘sht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Mosa Meats” kompaniyasining bosh direktori.
Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi bu turdagi tovuqni mart oyida iste’mol qilish xavfsiz, deb qaror qildi.
Kaliforniyaning Emeryville shahridagi “Upside Foods” zavodi yiliga 50 000 funt hujayrali go‘sht ishlab chiqarishni 400 000 funtgacha kengaytirishga umid qilmoqda. Bu har yili AQSHda odamlar iste’mol qiladigan o‘nlab milliard funt tovuq go‘shtining kichik bir qismini tashkil qiladi.
Ma’lumot o‘rnida, 2020 yilda Singapur hujayrali go‘shtni sotishni ma’qullagan birinchi davlat bo‘lgan.
Sevara Husniddinova
LiveBarchasi