Xitoyda soxta vaksina sotayotgan firibgarlar hibsga olindi
Olam
−
02 fevral 2021
2774Xitoy politsiyasi koronavirusga qarshi qalbaki vaksina tarqatishda ayblangan 80 dan ortiq odamni hibsga oldi va 3000 dozadan ortiq preparatni musodara qildi.
Ta’kidlanishicha, gumonlanuvchilar o‘tgan yilning sentyabr oyidan buyon shpritslarni oddiy fiziologik eritma bilan to‘ldirib, ularni vaksina niqobi ostida yuqori narxda sotib kelgan.
Pekin, Shanxay va Shandun provinsiyasida soxta vaksina sotuvchilar tarmog‘i aniqlangan.
Xitoyning vaksinalar ishlab chiqaruvchi katta kompaniyasiga yaqin manbaning ma’lumotiga ko‘ra, soxta mahsulot sotuvchilar dunyoda vaksina yetishmasligidan foydalanib, uni chet elga ham jo‘natmoqchi bo‘lgan.
LiveBarchasi