Xitoyda samolyot favqulodda qo‘ndirildi

Olam

image

Xitoyda yo‘lovchining poverbanki (zaryadlovchi qurilmasi) yonib ketgani sabab ekipaj samolyotni favqulodda qo‘ndirishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “Aviaincident” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa Lxasa-Shanxay yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan samolyotda sodir bo‘lgan. Yo‘lovchilardan birining poverbanki to‘satdan yonib ketgan. Qurilma egasi qo‘rqib ketganidan uni birinchi klassdagi o‘rindiqlar orasiga uloqtirgan.

Bort kuzatuvchilari yong‘inni bartaraf etish uchun bir nechta o‘rindiqlarni qismlarga ajratishga majbur bo‘lgan, uchuvchilar esa samolyotni Uxan aeroportiga qo‘ndirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Istanbuldan Marokashga uchayotgan samolyot bortidagi yo‘lovchi o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar berilgan edi. Hodisa sababli samolyot Jazoirga favqulodda qo‘ndirilgan. Shuningdek, joriy yilning may oyida Janubiy Koreyada samolyotning avariyaviy chiqish eshigi parvoz paytida ochilib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy poverbank favqulodda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made