Xitoyda pora olgan mansabdor o‘limga hukm qilindi

Olam

image

Xitoyning Guandun provinsiyasi Umumxitoy xalq vakillari kengashi doimiy qo‘mitasi raisining sobiq o‘rinbosari Chen Szisin pora olishda aybdor deb topilib, shartli o‘lim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Xitoy sudi xabar berdi.

Joriy yilning 12 noyabr kuni Chen Szisinning pora olish bilan bog‘liq ish bo‘yicha birinchi instansiya sud hukmi e’lon qilindi.

“Ta’sir o‘tkazib pora olish jinoyati uchun ikki yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va 200 ming yuan jarima solish belgilandi; shuningdek, o‘lim jazosining kechiktirilgan ijrosini, siyosiy huquqlardan umrbod mahrum qilishni va mulkni musodara qilishni davom ettirishga qaror qilindi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Chen Szisin o‘zi yoki boshqalar orqali 2012-2022 yillar davomida noqonuniy sovg‘alar olib kelgan. U o‘z jinoyatlarini tan olib, chin dildan afv so‘rab, mol-mulklarning katta qismini qaytarib bergan, bu esa uning jazoni yengillashtirishiga asos bo‘lgan. Sud bu holatlarni hisobga olib, pora olish jinoyati uchun o‘lim jazosini kechiktirishga va ta’sir o‘tkazib pora olish jinoyati uchun jazoni yengillashtirishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xitoy Markaziy banki raisining sobiq o‘rinbosari Fan Yifei pora olishda aybdor deb topilib, shartli o‘lim jazosiga hukm qilingandi. U sudda Markaziy bank va boshqa moliya institutlaridagi, jumladan, Xitoy qurilish bankidagi yuqori lavozimidan foydalangan holda 386 million yuandan (54,55 million dollar) ko‘proq qiymatdagi mol-mulkni noqonuniy qabul qilishda aybdor deb topilgan.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xitoy Guandun Chen' Tszisin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing