Xitoyda oilalarga 3 nafar farzand ko‘rishga ruxsat berildi
Olam
−
31 may 2021
5583Xitoy Hukumati turmush qurgan juftliklarga uchta farzand ko‘rishga ruxsat berdi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar bergan.
Xabarda aytilishicha, bunday qaror mamlakatdagi demografik vaziyatni hisobga olgan holda, aholi sonida keksalar ulushi ortishi sababli qabul qilingan.
Xitoy 1979 yildan 2015 yilgacha bir oila — bir bola siyosatini olib bordi. Uning salbiy oqibatlaridan biri mehnatga layoqatli aholining qisqarishi bo‘ldi. 2015 yilda mamlakatdagi har qanday oilaga ikki farzand ko‘rishga ruxsat berildi. Shundan so‘ng, Xitoy Hukumati XXRda tug‘ilish koeffitsiyentining rekord darajada o‘sishini qayd etdi.
Avvalroq, Xitoy aholisi 1 milliard 411 million 780 ming kishiga yetgani haqida xabar bergandik. Natijada, aholi soni 2010 yil bilan taqqoslaganda, 72 millionga yoki 5,38 foizga ko‘paygandi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, belgilangan davrda Xitoyda aholi o‘sishi yiliga o‘rtacha 0,53 foizni tashkil qilgan.
2000 yildan 2010 yilgacha bo‘lgan davrda esa o‘rtacha yillik o‘sish yuqori bo‘lib, 0,57 ni tashkil qilgan.
LiveBarchasi