Xitoyda magnit platforma 2 soniyada 700 km/soat tezlikka chiqdi
Texnologiya
−
25 dekabr 2270 1 daqiqa
Xitoyda magnit tortish kuchiga ega vagon-platforma atigi ikki soniyada 700 km/soat tezlikka chiqdi. Bu haqda Xitoy Markaziy televideniyesi xabar berdi.
Telekanalga ko‘ra, Xitoy Xalq Respublikasining muhandislari og‘irligi bir necha tonna bo‘lgan elektromagnit tortish kuchiga ega vagon-platformani ikki soniya ichida 700 km/soat tezlikkacha tezlashtirishga muvaffaq bo‘lgan. Shu tariqa bunday konstruksiyalar bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatilgan.
Magnit yostiqchada harakatlanuvchi platforma 400 metrli sinov yo‘lagida 700 km/soat tezlikka chiqqan va shundan so‘ng to‘xtatilgan. Ma’lum qilinishicha, mazkur texnologiya Xitoyning Xunan provinsiyasi, Chansha shahrida joylashgan Mudofaa ilmiy-texnika universiteti mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Magnit levitatsiya sohasidagi tadqiqotlar o‘n yil davom etgan.
Xitoylik mutaxassislarning fikricha, ushbu ishlanma elektromagnit tortish kuchiga asoslangan vakuum transportini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi, shuningdek, aerokosmik texnikani uchirish va sinovdan o‘tkazishning yangi usullarini taklif etadi. Xitoy muhandislari ko‘p tonnali vagon-platformani elektromagnit tortish kuchi yordamida atigi ikki soniyada 700 km/soat tezlikkacha tezlashtirishga muvaffaq bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreyada soatiga 370 km tezlikka chiqa oladigan dunyodagi eng tezkor poyezdlardan biri ishlab chiqilishi yakunlangandi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr