Xitoyda koronavirus bo‘yicha o‘lim jazosi joriy qilindi

Olam

image

Xitoyda COVID-19 koronavirusi alomatlarini berkitish va bemorlarning ahvoli haqida yolg‘on ma’lumot berish o‘lim bilan jazolanishi mumkin. Bu haqda kecha, 15 fevral kuni Xitoy sudi tarqatgan bayonotda aytilgan.

Bayonotga ko‘ra, kishining sayohatlari haqidagi axborotni yashirishi ham jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Virus tarqatuvchisi bo‘lgan odam, jamoat xavfsizligiga tahdid qilishda ayblanadi. Bu ayblov bilan “ayblanuvchi” 10 yil yoki umrbod qamoq , agar bu ham kamdek ko‘rinsa o‘lim jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Xitoyning Sog‘liqni saqlash bo‘yicha milliy komissiyasi 15 fevral kuni yo‘tal, harorat va boshqa virusli kasallik alomatlari bo‘lgan odamlarning mamlakat bo‘ylab avtobus, poyezd va samolyotda harakatlanishini taqiqlab qo‘ydi. Bundan tashqari, epidemiya o‘chog‘ida ta’tildan qaytayotganlar yo uyda o‘tirishi kerak, yo 14 kun shifokorlar nazoratida bo‘lishi kerak. Bundan bosh tortganlar jazolanadi.

Xitoyda ko‘plab ishlab chiqarish korxonalari Hukumat uzaytirgan ta’til nihoyasiga yetganidan keyin ham faoliyatini boshlmagan. Xitoy Transport vaziri o‘rinbosari Lyu Syaomin mamlakat ichida qatnovlar normal sharoitdagi hajmning beshdan birini tashkil qilayotganini ma’lum qildi.

Yangi koronavirus

Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 28 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, Amerika Qo‘shma Shtatlar, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal, Ispaniya, Belgiya va Misrda aniqlandi.

Bugunacha, dunyoda koronavirus qurbonlari 1669 nafarga, kasallanganlar 69 270 nafarga yetdi. JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi.

Koronavirus bugungacha qurbonlar soni bo‘yicha 2002 yildagi atipik pnevmoniya (SARS) va 2012 yildan beri Yaqin Sharq respirator sindromini (MERS-CoV) ortda qoldirdi. SARS`dan 8096 nafar odam kasallangan, shulardan 774 nafari (o‘lim darajasi 9,6 foiz) halok bo‘lgan. MERS-CoV virusidan 2494 nafar odam kasallanib, ularning 858 (o‘lim darajasi 34,4 foiz) nafari qurbon bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy virus

Baholaganlar

650

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing