Xitoyda karantinda saqlanayotgan odamlar bo‘lgan mehmonxona quladi
Olam
−
08 mart 2020 11634 1 daqiqa
Kecha, 7 mart kuni Xitoyning Fujian provinsiyasida mehmonxona qulab tushdi. “Sinszinbao” agentligining xabar berishicha, qutqaruvchilar vayronalari ostidan 50 kishini olib chiqishga muvaffaq bo‘lishgan, ammo ulardan ikkitasi halok bo‘lgan.
Olti qavatli binoning qulashi oqibatida 70 kishi vayronalar ostida qolgan. Mehmonxona 2018 yilda qurilgan bo‘lib, so‘nggi oylarda undan koronavirus tashuvchilari bilan yaqin aloqada bo‘lganlarni karantin qilish uchun foydalanilayotgan edi.
Binoning qulashiga nima sabab bo‘lganligi haqida ma’lumot berilmagan.
Fujian provinsiyasida joylashgan Xinjia Express mehmonxonasi olti qavatli bo‘lib, 2018 yilning iyun oyida ochilgan. Uning 80 ta xonasi bor edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr