Xitoyda dunyodagi ilk 10G tarmog‘i ishga tushirildi

Texnologiya

image

Xitoyning Pekin shahri yaqinidagi Syun’an tumanida ilk keng polosali 10G tarmog‘i ishga tushirildi. Bu haqda “Mydrivers” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Huawei va China Unicom kompaniyalari birlashgan holda 10G tarmog‘ini muvaffaqiyatli ishga tushirgan.

“10G keng polosali aloqani joylashtirish dunyodagi birinchi 50G PON yechimiga asoslangan”, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, ushbu yangi tarmoq internetdagi kechikishlarga deyarli o‘rin qoldirmaydi.

Qayd etilishicha, hozirda ishga tushirilgan yangi texnologiya orqali internet tezligi – yuklab olishda sekundiga 9834 Mbit, uzatishda esa sekundiga 1008 Mbitni tashkil etmoqda.

Shunday qilib, tarmoqda foydalanishda kechikishi atigi 3 millisekund bo‘lib, bu rekord darajada tezlikni anglatadi. Misol uchun, ikki soatlik 8K formatdagi filmni bor-yo‘g‘i 72 soniyada yuklab olish mumkin.

Infratuzilma resurs talab qiladigan yechimlarni, xususan, bulutli xizmatlarni, shuningdek, virtual va kengaytirilgan ilovalarini qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, yanvar oyi holatiga ko‘ra, Xitoyda to‘rt milliondan ortiq 5G baza stansiyalari faoliyat yuritmoqda – dunyoning boshqa mamlakatlariga qaraganda ko‘proq degani.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy 2050 yilgacha termoyadro sintezi texnologiyasini joriy etib, toza energiya ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchiligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy 10G

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing