Xitoyda dunyodagi eng tez harakatlanuvchi poyezd ishga tushiriladi
Texnologiya
−
30 aprel 2023
17738Xitoy dunyodagi birinchi vakuumli, eng tez harakatlanuvchi poyezdni ishga tushiradi. Bu haqda “SCMP” nashri xabar berdi.
Xitoydagi eng tezkor transport bo‘lishi kutilayotgan poyezd 175 km uzunlikdagi marshryut bo‘ylab 1000 km/soat tezlikda harakatlanadi. Ya’ni sayohat oddiy poyezdda 3 soat vaqtni talab qilsa, bu poyezda 15 daqiqa davom etadi. Bunday katta tezlikka g‘ildiraklarning o‘rniga magnit o‘rnatilgani va havo qarshiligi yo‘qligi (Hyperloop vakuumli kapsulada harakat qiladi) tufayli erishildi. Mazkur poyezd harakati Osiyoning janubi-sharqida ikkita yirik sanoat shaharlari – Xanchjou va Shanxay o‘rtasida amalga oshiriladi.
O‘tgan yili Xitoyda huddi shunday tizimning ishlashi sinovdan o‘tkazilgan edi, ammo unda yo‘l uzunligi bor-yo‘g‘i 2 kilometrni tashkil qilgan, poyezd esa 130 km/soat tezlikda harakatlangan. Yangi avlod poyezdining to‘liq yo‘lga qo‘yilishi 2035 yilda amalga oshirilishi kutilmoqda.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi