Xitoyda daryoga tushib ketgan do‘stini qutqarmoqchi bo‘lgan 7 bola halok bo‘ldi

Olam

image

Xitoyning Markaziy televideniyesi xabariga ko‘ra, yetti nafar maktab o‘quvchisi Chunsin shahridan o‘tgan daryoga tushib ketgan do‘stiga yordam berishga harakat qilgan. Ammo ularning bu harakati fojiali yakun topdi.

Hodisa 21 iyundan keyin Tunnan okrugining Misn aholi punktida sodir bo‘lgan. Futszyan daryosining to‘g‘oniga kimdir suvga tushib ketgani haqida xabar berilgach, qidiruv-qutqaruv ishlari boshlandi. Sakkiz nafar bolaning barchasi bedarak yo‘qolgan. Ularning qidiruvida 200 dan oshiq odam, shu jumladan, o‘t o‘chiruvchilar, qutqaruvchilar va huquq-tartibot idoralari xodimlari qatnashgan.

Biroq bolalarni qutqarib qolishning imkoni bo‘lmadi. Bugun, 22 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 0:30 (21 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 21:30), qutqaruvchilar yetti o‘quvchining jasadini suvdan chiqarib olishdi va 7:10 da (Toshkent vaqti bilan 04:10) sakkizinchi bolaning jasadini topishdi.

Dastlabki tergov ma’lumotlariga ko‘ra, barcha bolalar mahalliy boshlang‘ich maktab o‘quvchilari bo‘lgan va yaqin atrofda yashashgan. Dam olish kunlari ular to‘g‘on yonida o‘ynagani borishgan, ammo bitta bola qoqilib, suvga tushib ketgan. Qolgan yetti bola o‘z do‘stini qutqarishga harakat qilgan, biroq o‘zlari ham halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy

Baholaganlar

242

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing