Xitoyda bir kunda 37 million kishi koronavirusga chalindi

Olam

image

Xitoyda bir sutka ichida 37 mln kishi koronavirusga chalinganligi aytilmoqda. Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.

Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasining yopiq yig‘ilishida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha statistik ma’lumotlar e’lon qilingan. Yig‘ilish bayonnomasiga ko‘ra,  bir kun ichida Xitoyda 37 million odam koronavirus yuqtirgan. Umumiy hisobda dekabr oyining birinchi 20 kunida mamlakatda 248 million kishida kasallik aniqlangan.

Shuningdek, bayonnomada virusdan vafot etganlar soni to‘g‘risida ma’lumotlar ko‘rsatilmagan.

Mamlakatda kasallanishlar sonining oshib ketishiga yaqinda Pekinda karantin cheklovlarini ancha yengilashtirilishi sababligi aytilmoqda. Bu esa tabiiy immuniteti past xitoyliklar orasida o‘ta yuqumli omikron shtammining keng tarqalishiga olib kelgan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing