Xitoy roveri Mars yuzasiga tushdi

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

Xitoyning “Tyanven-1” kosmik kemasidan “Chjuchjun” roveri 15 may kuni ertalab Marsga qo‘ndi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi Xitoy milliy kosmik ma’muriyatiga asoslanib xabar berdi.

Xitoy uchun bu Yerdan boshqa sayyoraga tushirilgan birinchi rover edi. “Tyanven-1” Venchan kosmodromidan 2020 yil 23 iyulda uchirilgandi.

Kosmik kema Mars orbitasiga taxminan yetti oylik parvozdan so‘ng, fevral oyida kirgan va ikki oydan ko‘proq vaqt davomida potensial qo‘nadigan joyni tanlagan.

Xitoy marsoxodida navigatsiya va topografik geodeziya uchun multispektral kameralar, Marsning 10 metr chuqurlikkacha bo‘lgan geologik tuzilishini o‘rganish uchun yer osti sezgir radarlari, tuproqning kimyoviy tarkibini tahlil qilish va biomolekulalarni qidirish uchun asbob, shuningdek magnit bilan jihozlangan dala detektorlari hamda ob-havo stansiyasi joylashgan. Kutilganidek, rover sayyorani o‘rganish bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarni shu yildayoq uzatishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq SpaceX va Tesla kompaniyalari rahbari Ilon Mask Mars sayyorasini o‘zlashtirish insoniyatdan qurbonlik talab qilishi mumkinligini va shu bilan bir qatorda Qizil sayyoraga faqatgina ko‘ngillilar yuborilishini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Mars

Baholaganlar

111

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing