Xitoy vaksinasining nojo‘ya ta’sirini sezmadik – vazir
Jamiyat
−
23 dekabr 2020 3867 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Toshkentda olib borilayotgan Xitoy vaksinasi sinovlari jarayoni haqida gapirdi. Unga ko‘ra, vaksina sinovlarining uchinchi bosqichi boshlangan, avvalgi sinovlarda vaksinaning nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.
“Xitoylik mutaxassislarni jalb qilgan holda vaksinalarning uchinchi sinov jarayonlarini boshlab yubordik. Toshkent shahridagi uchta poliklinikada ko‘ngillilarda sinov o‘tkazilyapti. Bu ommaviy emlash jarayoni emas, ilmiy tadqiqot jarayoni. Bir oy oldin vazirlik rahbariyati va shaxsan o‘zim ushbu vaksina bilan emlandik”, deydi vazir.
Ta’kidlanishicha, vaksina rekombinat oqsilga asoslanib, genlar injenerligi yo‘li bilan yaratilgan. Ushbu rekombinat oqsil vaksinasida kichik oqsil bo‘lakchasi klonlashtirilib, oqsil sifatida qayta ishlab chiqarilgan variant hisoblanadi. Bunda virus strukturasidagi bironta boshqa komponentlar inson organizmiga yaqinlashmaydi.
Shuningdek, vazir ko‘ngilli sifatida ishtirok etayotgan fuqarolarga minnatdorlik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi rahbariyati oila a’zolaridan 20 kishi Xitoy vaksinasi bilan emlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025