Xitoy va Rossiya oldi-berdini rubl va yuanga o‘tkazdi

Olam

image

Rossiya va Xitoy energiya ta’minoti uchun milliy valyutalarda hisob-kitoblarga o‘tmoqda. Rossiya gazi uchun to‘lovlar allaqachon rubl va yuanda paritet (tenglik) asosida amalga oshirilmoqda. Bu haqda bugun, 18 noyabr kuni Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak Rossiya-Xitoy hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha “Rossiya-24” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.  

“Biz yetkazib berilayotgan energiya resurslari, amalga oshirilayotgan o‘zaro hisob-kitoblar, jumladan, Xitoydan uskunalar yetkazib berish bo‘yicha milliy valyutalarda – rubl va yuanda hisob-kitoblarga o‘tmoqdamiz. Misol tariqasida, bugungi kunda “Gazprom” va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida gaz yetkazib berish paritet asosida rubl va yuanda amalga oshirilmoqda”, deydi u.  

Bosh vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha, neft va neft mahsulotlarini yetkazib berish uchun to‘lovlar ham Rossiya va Xitoy milliy valyutalariga faol konvertatsiya qilinmoqda.  


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Xitoy

Baholaganlar

270

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing