Xitoy va Germaniya qudratli davlat bo‘lish yo‘lida harakat qilmoqda – Putin

Olam

image
Xitoy va Germaniya qudratli davlatlar maqomiga intilish yo‘lida faol harakat qilmoqda. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin aytib o‘tdi.
 
Kecha, 22 oktyabr kuni Rossiya rahbari "Valday" muhokama klubining yalpi majlisida so‘zga chiqdi. 
 
Putin nutqi davomida Xitoy o‘zining iqtisodiy va siyosiy ta’sir doirasini kengaytirayotgani haqida gapirgan. Unga ko‘ra, Xitoy dunyoning yetakchi davlatlaridan biri sifatida o‘z maqomini mustahkamlamoqda. Putin Germaniyani ham xuddi shu yo‘nalishda harakat qilayotgani haqida gapirgan.
 
"Buyuk Britaniya va Fransiyaning esa dunyo ishlarida roli sezilarli darajada o‘zgardi", deya ta’kidlagan Rossiya rahbari.
 
Putin bir paytlar AQSH yaqqol ustunlikka ega bo‘lganini, endi esa hamma narsa shartli ravishda o‘zgarib borayotganini aytgan. 
 
Shuningdek, Rossiya Prezidenti Braziliya va Janubiy Afrika kabi mamlakatlarning jahondagi o‘rni ham jiddiy kuchayganini ta’kidlagan.

Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Xitoy

Baholaganlar

430

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing