Xitoy va Eron AQSHga qarshi birlashmoqda

Olam

image

O‘tgan yili Eron va Xitoy o‘rtasida imzolangan 25 yillik strategiyaga mo‘ljallangan shartnoma kuchga kiradi. Bu haqda Eronning yaqinda tayinlangan Tashqi ishlar vaziri Amir Husayn Abdullaxon ma’lum qilgan.

Kecha, 14 yanvar kuni Husayn Abdullaxon vazir sifatida Xitoyga ilk tashrifini amalga oshirdi. Tashrif doirasida u Xitoy TIV rahbari Van I bilan ilk uchrashuvini o‘tkazgan.

Vazirlar uchrashuv mobaynida o‘tgan yili imzolangan 25 yillik istiqbolga mo‘ljallangan strategik shartnomani amalda qo‘llash vaqti kelgani haqida matbuotga xabar bergan. 

“Xitoyga qiladigan rasmiy tashrifimizdan avval xitoylik hamkasblarimiz bilan ushbu kunni ikki davlat o‘rtasida keng qamrovli kelishuvlar kuchga kiradigan kun deya e’lon qilgan edik”, degan Eron Tashqi ishlar vaziri. Ammo u ikki davlat aynan qanday loyihalar haqida kelishuvga erishganini ochiqlamagan.

2021 yil mart oyida Eronning sobiq Prazidenti Hasan Ruhoniy hokimiyatda payti va Muhammad Javad Zarif mamlakat Tashqi ishlar vaziriligi davrida Xitoy bilan imzolangan “Strategik kelishuv”da ikki davlat o‘rtasida harbiy va xavfsizlik sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Shartnomada hattoki, mamlakatlar AQSH joriy qilgan sanksiyalarga qarshi qo‘shma harakatlarni amalga oshirib, unga javob qaytarishi ham belgilangan. 

O‘zaro hamkorlik doirasida Xitoy so‘nggi uch yil ichida sanksiyalarga uchrayotgan Eron neftini chegirma bilan sotib olmoqda. Ammo bu haqda ikkala davlat ham hech qandan aniq tafsilotlarni oshkor etmagan. 

Uchrashuv yakunida vazir Amir Husayn Abdullaxon Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy nomidan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin nomiga yo‘llangan xatni topshirgan. Ma’lum qilinishicha xatda Raisiy ma’muriyati uchun “muhim xabar” bayon qilingan. Ammo, uning nima ekanligi ochiqlanmagan.

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xitoy

Baholaganlar

372

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing