Xitoy O‘zbekistonga 20 tonna insonparvarlik yordami yubordi
Jamiyat
−
30 mart 2020
13910Xitoy mudofaa kompaniyalari O‘zbekistonga insonparvarlik yordami sifatida 20 tonna tibbiy buyum yubordi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Xitoyning “Norinko”, “Viyek Tochmash”, “Xaytera”, “Poli Texnoloji” va boshqa mudofaa sanoati kompaniyalari O‘zbekistonga 20 tonna tibbiy buyumlarni insonparvarlik yordami sifatida yubordi.
Ular bir martalik steril tibbiy qo‘lqoplar, himoya ko‘zoynaklari, yuz uchun filtrlovchi niqoblar va tana haroratini o‘lchovchi teplovizorlardan iborat.
Mazkur insonparvarlik yordami 29 mart kuni Mudofaa vazirligining maxsus havo laynerida O‘zbekistonga olib kelindi.
Olib kelingan yuklar aeroport hududida Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi va Mudofaa vazirligi mas’ul shaxslari tomonidan qabul qilib olindi.
Bu tibbiyot buyumlari 30 mart kunidan boshlab respublikada karantin rejimini ta’minlashga jalb qilingan harbiy xizmatchilar, ichki ishlar, tibbiyot xodimlari, shuningdek, ularga ehtiyoji bor boshqa shaxslarga tarqatilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Xitoyda koronavirus tarqalishi avjiga chiqqan davrda O‘zbekiston ikki marta insonparvarlik yordami yuborgandi.
LiveBarchasi