Xitoy O‘zbekistonda 11 ta quyosh va shamol elektr stansiyasini quradi

Olam

image

O‘zbekiston Xitoy bilan umumiy quvvati 4,8 gigavattga teng bo‘lgan 4,4 milliard dollarlik 11 ta quyosh va shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar qildi.

Aytilishicha, kelishuvlarga yaqinda Mirziyoyevning Xitoyga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida erishilgan. Muqobil energetikani rivojlantirish bo‘yicha sarmoyaviy va texnologik hamkorlik dasturi XXR Raisi Si Szinpin bilan muzokaralarning asosiy mavzularidan biriga aylangan. Unda O‘zbekistonda quyosh, shamol va gidroelektr stansiyalarini qurish, fotoelektr panellari, elektr jihozlari, transformatorlar, akkumulyatorlar ishlab chiqarish, shuningdek, boshqaruvni raqamlashtirish va mutaxassislar tayyorlash ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, kecha, 23 may kuni Prezident Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Xitoy ishtirokida yana 11 ta shamol va quyosh stansiyalarining qurilishi ma’lum bo‘lgan. Yig‘ilishda qayta tiklanadigan energiya manbalarini ijtimoiy muassasalar va davlat idoralarida joriy etish sur’ati muhokama qilingan. Aytilishicha, joriy yilda O‘zbekiston hukumati ijtimoiy va davlat muassasalariga 220 MVt quvvatga ega quyosh panellarini o‘rnatishni rejalashtirgan. Hozirgacha umumiy quvvati 107 MVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilgan.

Yig‘ilishda yirik davlat korxonalari tomonidan bu boradagi ishlar jadal sur’atlar bilan amalga oshirilayotgani, biroq ijtimoiy muassasalardagi ishlar sust ekani ta’kidlangan. Masalan, umumiy rejalashtirilgan panellar sonining 36 foizi universitet binolariga, 33 foizi maktablarga, 28 foizi tibbiyot muassasalariga o‘rnatilgani qayd etilgan. Hududlar bo‘yicha olganda, respublikada bu ko‘rsatkich qariyb 50 foizga yetgan. Ammo Toshkent shahrida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatish darajasi rejaga nisbatan 26 foizni tashkil etgan. Davlat rahbari bu borada hali imkoniyatlar ko‘pligini ta’kidlab, ishlarni jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.

Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyevning Xitoyga safari yakunlari bo‘yicha 41 ta hujjat, jumladan, elektr uzatish liniyalari va nimstansiyalarni qurish loyihasini moliyalashtirish, “Namangan viloyati Norin gidroelektr stansiyasi kaskadini qurish” va “Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Aygain GES kaskadi qurilishi loyihalari bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlash” bo‘yicha kelishuvlar imzolangandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Xitoy elektr stantsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing