Xitoy Ukrainaga gumanitar yordam ko‘rsatishda davom etadi
Olam
−
24 iyul
3694Xitoy Ukrainaga insonparvarlik yordami yuborishda davom etadi. Bu haqda bugun, 24 iyul kuni Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I ukrainalik mavqedoshi Dmitriy Kulebaga Guanchjoudagi uchrashuvda aytdi.
“Xitoy Ukrainadagi gumanitar vaziyatdan xavotirda va unga insonparvarlik yordamini ko‘rsatishda davom etadi”, dedi Van I
Qayd etish joizki, Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli agressiyasi boshlanganidan beri Xitoyga birinchi tashrifini amalga oshirmoqda. Uning ma’lum qilishicha, xitoylik vazir Van I bilan adolatli dunyo yo‘lida batafsil, mazmunli muzokaralar olib borilmoqda.
“Biz tinchlik rejalari orasidagi raqobatdan qochishimiz kerak. Kiyev va Pekin to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot olib borishi va o‘zaro pozitsiya almashishi juda muhim. Ikki tomonlama munosabatlarni ham muhokama qilamiz. Ishonchim komilki, Ukraina Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni boshlaganidan so‘ng, Xitoy davlatimiz bilan munosabatlarga Yevropa bilan strategik munosabatlari prizmasidan qarashi kerak”, deya qo‘shimcha qildi Kuleba.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba 23-25 iyul kunlari Xitoyga tashrif buyurishini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi