Xitoy uchar taksi xizmatiga ruxsat bergan birinchi davlatga aylandi

Texnologiya

image

Xitoy uchuvchisiz uchar taksilar orqali odam tashishga ruxsat beruvchi sertifikatlarni berishni boshladi. Bu orqali u bunday turdagi xizmat ko‘rsatishga ruxsat bergan dunyodagi birinchi davlatga aylandi. Bu haqda “Chudo texnika” nashri xabar berdi.

Ilk sertifikat 2017 yildan buyon o‘zining EH216-S samolyoti bilan 40 mingga yaqin sinov parvozlarini amalga oshirgan EHang kompaniyasiga berildi. Ularning vertolyot taksisi ikki yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, 135 km/soat tezlikkacha parvoz qilishi mumkin va bir quvvatlanishda 30 km masofani bosib o‘ta oladi. Batareya quvvati taxminan 20 daqiqalik parvoz uchun yetarli.

Ushbu taksilar nafaqat havoda amalga oshiriladigan ilk taksi xizmatlaridan biri, balki uchuvchisiz taksilar xizmatining ham boshlanishidir. Bunda xaridor faqat olib ketish va yetkazish manzillarini belgilashi kerak. Qolgan barcha vazifalarni EH216-S taksining o‘zi avtomatik tarzda boshqaradi.

Biroq Xitoyda havo taksilarining faoliyati boshlanadigan aniq sana hozircha ma’lum qilinmagan. Hali ular uchun zarur infratuzilma tayyorlanishi kerak ekani bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xitoyliklar ko‘rinishi uchar mashina va dronning qorishmasini eslatuvchi Xpeng X2 samolyotini suv ustida ham sinovdan o‘tkazgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy samolyot uchuvchisiz uchar taksi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing