Xitoy “tuzalyapti”, Yevropa esa pandemiya markazi bo‘lib qoldi

Olam

image
Rasman: Koronavirus O‘zbekistonga ham kirib keldi north_east

Rasman: Koronavirus O‘zbekistonga ham kirib keldi

COVID-19 virusi pandemiyasi sabab dunyo davlatlari yangi-yangi cheklovlar joriy qilishga majbur bo‘lyapti.

Ispaniyada hukumat 15 kun muddatga mamlakat bo‘ylab harakatlanishni taqiqladi, shuningdek, zarurat bo‘lmaganda uydan chiqish ham cheklandi. Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanchesning rafiqasi Begonya Gomesda koronavirus aniqlandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ispaniyada 6391 kishi koronavirusga chalingan, shundan 196 nafari vaoft etgan va 517 kishi kasallikdan davolangan.

Latviya esa 17 martdan chegaralarini yopishini ma’lum qildi. AQSHda favqulodda vaziyat e’lon qilinishi ortidan odamlar oziq-ovqat do‘konlarini bo‘shatib qo‘ydi.

Koronavirus Fransiyaga ham og‘ir zarba berdi. Mamlakatda virus yuqtirganlar 4469 nafarga, undan vafot etganlar 91 nafarga yetdi. Fransiyada kecha jamoat joylari, jumladan kafe, restoran, kinoteatr, tungi klublar ham yopildi.

Fransiya Bosh vaziri Eduar Filipp kecha, 14 mart kuni hayot uchun muhim bo‘lgan oziq-ovqat do‘koni, dorixona, bank, AYOQSHlardan boshqa barcha savdo nuqtalari yopilishini ma’lum qildi.

Koronavirusning ilk o‘chog‘i bo‘lgan Xitoyda esa vaziyat kundan kunga yaxshilanyapti. Bir kechada Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 20 nafarga, qurbonlar 10 nafarga ortgan. 1,3 mingdan ortiq odamga javob berilgan.

Dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 156 740 nafarga yetdi. Shundan 75 935 nafari kasallikdan forig‘ bo‘lib, uyiga javob berilgan. Virusdan halok bo‘lganlar soni 5839 nafarga yetdi.

Qayd etish kerakki, Xitoydan tashqarida yangi koronavirusga chalinganlar soni 75 896 nafarga yetdi. Xitoyda bu ko‘rsatkich 80 844 nafarga teng.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq birinchi holat qayd etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

339

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing