“Tolibon” o‘zining asosiy ittifoqchisini e’lon qildi

Olam

image

Xitoy “Tolibon”ga Afg‘onistonni tiklashda yordam beradi. Bu haqda “Tolibon” matbuot kotibi Zabihulla Mujohid ma’lum qildi. 

Mujohidning aytishicha, Pekin Afg‘onistonga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirgan.

“Xitoy “Tolibon”ning mamlakatni tiklashdagi asosiy sherigiga aylanadi. Xitoyning yordami Afg‘onistonni rivojlantirish uchun alohida imkoniyatdir”,  deydi Mujohid.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon” ham Pekinning "Bir makon, bir yo‘l" konsepsiyasiga alohida ahamiyat beradi.

“Bu loyiha qadimiy Ipak yo‘lini qayta tiklaydi. Qolaversa, xitoyliklar tufayli Afg‘onistonda mis qazib olish yana boshlanadi. Xitoy biz uchun jahon bozorlariga chiqish imkonini beradi", deya ishonch bildirmoqda “Tolibon” vakili.

Bundan tashqari, harakat vakili “Tolibon”ning mintaqadagi muhim va nufuzli sherigi hisoblagan Rossiya bilan munosabatlarni saqlab qolishga tayyorligini ham e’lon qilgan. Unga ko‘ra, Moskva mintaqada va xalqaro darajada tinchlikni ta’minlash uchun vositachilikni davom ettirmoqda. 

Ma’lum qilinishicha, Hamid Karzay nomidagi Qobul xalqaro aeroporti “Tolibon” qo‘liga o‘tgan, ammo havo porti jiddiy shikastlangan.

“Qatar va Turkiya aeroport qayta ochilishidan manfaatdor. Yaqin uch kun ichida aeroport hududi to‘liq tozalanadi, infratuzilma tiklanadi. Umid qilamanki, aeroport sentyabr oyida ishlay boshlaydi”, deydi Mujohid.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Xitoy Tolibon

Baholaganlar

1992

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing