Xitoy TIV rahbari koronavirusning kelib chiqishi haqida fikr bildirdi

Olam

image

Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I koronavirusning kelib chiqishi haqida fikr bildirib, ko‘pgina tadqiqotlarga ko‘ra, amaldagi pandemiya dunyoning turli nuqtalarida yangi infeksiya o‘choqlari paydo bo‘lishi natijasida yuzaga kelgan. Bu haqda u “Sinxua” agentligi va Xitoy markaziy televideniyesi bilan suhbatda aytib o‘tgan.

“Xitoy noma’lum koronavirusni yengganida, u darhol epidemiologik tekshiruv o‘tkazish, virus patogenini aniqlash va u haqdagi asosiy ma’lumotlarni e’lon qilish choralarini ko‘rdi”, deydi Van I Xitoy COVID-19 bilan kasallanish haqida e’lon qilgan ilk davlat bo‘lganini eslatib.

Vazir Xitoy yolg‘on axborot va masalani siyosiylashtirish bilan to‘qnash kelganini ta’kidlab o‘tdi.

Avvalroq, Xitoy koronavirus kelib chiqishi haqidagi tadqiqotlarni davlat siri deb maxfiylashtirishda ayblangandi. “Associated Press” jurnalistlari koronavirus haqida ma’lumot chiqishidan oldin Xitoy hukumati qoshidagi maxsus komissiya uni tekshirishini aytgandi. Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Pekin koronavirusning kelib chiqishini o‘rganadigan olimlarga yuz minglab dollar mukofot va’da qilgan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirusning yangi turi sabab yuzaga kelgan COVID-19 pnevmoniyasi ilk bor 2019 yil dekabrda Uxanda aniqlangandi. 11 mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni pandemiya deb e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy koronavirus

Baholaganlar

448

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing