Xitoy Tayvan yaqinida harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Olam

image

Tayvanning yangi prezidenti Lay Sinde lavozimga kirishganidan bir necha kun o‘tgach, Xitoy bo‘lginchi provinsiya deb hisoblagan orolga yaqin joyda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkaza boshladi. Bu haqda bugun, 23 may kuni Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi Sharqiy qo‘mondonligi ma’lum qildi.

XXR rasmiylari Tayvan oroli “Xitoy hududining ajralmas qismi, Tayvan ishi esa Xitoyning ichki ishi” ekanligini ta’kidlab keladi.

23 may kuni ertalab boshlangan manyovrlarda Xitoy quruqlikdagi kuchlari, dengiz floti, havo kuchlari va raketa kuchlari ishtirok etmoqda. Mashg‘ulotlar Tayvan bo‘g‘ozida, Tayvan qirg‘oqlarining shimoli, janubi va sharqida, shuningdek, Tayvan nazoratidagi Szinmen, Matsu, Usyuyuy va Dun’in orollari atrofidagi hududlarda bo‘lib o‘tadi va 24 may kuni kechqurungacha davom etadi. 

“Bu, shuningdek, Tayvan mustaqilligi tarafdorlarining separatistik harakatlari uchun qattiq jazo hamda tashqi kuchlar aralashuvi va provokatsiyalaridan qattiq ogohlantirishdir”, deya XXR armiyasi Sharqiy qo‘mondonligi rasmiy vakilining bayonotidan iqtibos keltirgan "Reuters"agentligi.

Mashqlar dengiz va havo kuchlarining jangovar tayyorgarligini birgalikda sinovdan o‘tkazish va asosiy nishonlarga zarba berishni o‘rganishga qaratilgan.

20 may kuni Taypeyda yanvar oyi o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan saylovlarda g‘alaba qozongan Tayvanning yangi prezidenti Lay Sindening inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi. Tayvan Demokratik taraqqiyot partiyasining yangi rahbari o‘z nutqida Xitoyni tahdid qilishni bas qilishga va mustaqillikni saqlab qolish uchun “Tayvan xalqining tanlovini hurmat qilishga” chaqirdi. U, shuningdek, "Xitoy bilan tinch muloqotga intilishini" va ikki tomonlama munosabatlarni tiklashini aytdi va "Xitoy Respublikasidagi Tayvanning kelajagi uning 23 million aholisi tomonidan belgilanishini" ta’kidladi.

Pekin Lay Sindeni qat’iy separatist deb biladi va uning saylanishini "urush e’lon qilish" bilan bog‘laydi. Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I Layning nutqini “uyatli” deb atagan, Tayvanning mustaqillikka erishishga bo‘lgan barcha urinishlari boshi berk ko‘chaga olib kelishini ta’kidlagan.

Xitoy AQSHning bir qator mudofaa muammolariga qarshi sanksiyalar kiritdi
20 may kuni Xitoy Tayvanning yangi prezidenti Lay Sindening inauguratsiyasi arafasida AQSHning yana uchta mudofaa kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. “Ishonchsiz korxonalar” ro‘yxatiga Boeing'ning mudofaa va kosmik bo‘linmalari, shuningdek, General Atomics Aeronautical Systems va General Dynamics Land Systems kiradi. Bu kompaniyalarga Xitoyga yangi sarmoya kiritish, ularning rahbarlariga esa Xitoyga kirish taqiqlangan.

Xitoy yaqinda Tayvanga qurol yetkazib beruvchi Amerika korxonalariga qarshi bir qator sanksiyalar joriy qildi. 2023 yil sentyabr oyida Lockheed Martin va Northrop Grumman'ga qarshi jazo choralari qo‘llanilgan edi. Yanvar oyida yana beshta Amerika firmasi qora ro‘yxatga kiritildi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Tayvan'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing