Xitoy Tayvan tomon o‘nlab qiruvchi samolyotlar va harbiy kemalarni jo‘natdi

Olam

image

Xitoy AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri va Tayvan Prezidenti o‘rtasidagi uchrashuvga javoban orolga o‘nlab qiruvchi samolyotlar va harbiy kemalarni jo‘natdi. Bu haqda "NBC News" xabar berdi

Qayd etilishicha, Xitoy harbiylari Tayvanga nisbatan uch kunlik "jangovar shaylik patrullari" boshlanganini e’lon qilgan. Bunga sabab AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Kevin Makkarti va tan olinmagan Tayvan Prezidenti Say Invenning Kaliforniyada payshanba, 6 aprel kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralari ekani aytilmoqda. Pekin bunga javoban Tayvan Prezidentining AQSHga tashrifi bilan bog‘liq bo‘lgan amerikalik guruhlar va alohida shaxslarga nisbatan sayohat cheklovlari va iqtisodiy sanksiyalar joriy qilgan. 

Tayvan Mudofaa vazirligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, orol yaqinida sakkizta harbiy kema va 71 ta samolyot aniqlangan. Ulardan 29 tasi Tayvanni materikdan ajratib turuvchi bo‘g‘ozning o‘rta qismini kesib o‘tgan. 

Tayvan harbiylari raketaga qarshi mudofaa tizimlari ishga tushirgani hamda Xitoy samolyotlarini kuzatish uchun havo va dengiz patrullari yuborilgani aytilmoqda. 

"Biz mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikka putur yetkazgan bunday mantiqsiz harakatni qoralaymiz", deyiladi Mudofaa vazirligi bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyi oxirida Xitoyning 10 ta samolyoti va 2 ta harbiy kemasi Tayvan yaqinida aniqlangandi. Shuningdek, ba’zi nashrlar XXR raisi Si Szinpin mamlakatini urushga tayyorlayotgani haqida yozgandi.

Nodirjon Madaminov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing