Xitoy tashqarisida koronavirusdan ilk o‘lim qayd etildi

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) Filippin filiali XXR tashqarisida yangi turdagi koronavirus bo‘yicha birinchi o‘lim holatini qayd etdi. Bu haqda bugun, 2 fevral kuni JSST o‘z Twittyer sahifasida ma’lum qildi.

"44 yoshga kirgan erkak Filippindagi ikkinchi bo‘lib koronavirus tasdiqlangan odam edi", - deyiladi xabarda.

Shuningdek, erkakning o‘limi 1 fevral kuni qayd qilingani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ilk bor yangi turdagi virus Filippinda 30 yanvar kuni aniqlangan edi.

Hozirgacha bu virus 27 davlatda aniqlandi. JSST bu virusni dunyo bo‘yicha favqulotda holat deb e’lon qilgan.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

392

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing