Xitoy Tayvanga 20 dan ortiq samolyot va 5 ta harbiy kema jo‘natdi 

Olam

image

Xitoy Xalq ozodlik armiyasi (XOA) Tayvanga 21 ta samolyot va beshta harbiy kema jo‘natdi. Bu haqda orol Mudofaa vazirligi ma’lum qilgan.

“Bugun, 17 avgust kuni soat 17:00 holatiga ko‘ra, Tayvan Qurolli kuchlari Tayvan yaqinidagi dengiz va havo hududida 21 ta samolyot hamda beshta kemaning faolligini qayd etdi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, beshta samolyot Tayvan bo‘g‘ozining “o‘rta chizig‘i” deb ataladigan hududni kesib o‘tgan, jumladan, ikkita Su-30 qiruvchisi, ikkita  J-11 va bitta Y-8 elektron razvedka samolyoti.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Tayvan vaziyatni kuzatish uchun havo patrulini yuborgan, radio orqali ogohlantirishlar bergan va zenit-raketa tizimlarini joylashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, 14 avgust kuni senator Ed Marki boshchiligidagi AQSH Kongressi delegatsiyasi ikki kunlik tashrif bilan Tayvanga keldi. Markdan tashqari yana 4 nafar senator Tayvanga yetib keldi.

Tashrifga javoban Xitoy Xalq ozodlik armiyasi (XOA) Tayvan hududiy suvlari va havo kengliklari yaqinida harbiy mashg‘ulotlarni boshladi. Xitoy TIV amerikalik kongressmenlar tashrifini olov bilan o‘ynashish deb izohladi.

Ma’lumot uchun, AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi 2 avgust kuni kechqurun Taybeyning Sonshan aeroportiga yetib keldi va orolda bir kun ham bo‘lmay, 3 avgust kuni qaytib ketdi. Bu AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikerining 1997 yildan beri orolga qilgan ilk safari bo‘ldi. Pelosi Tayvanda orol ma’muriyati rahbari Say Ingven bilan uchrashdi.

Bu voqea AQSH va Xitoy munosabatlarini taranglashtirdi. Rasmiy Pekin Pelosi kelishidan oldin Tayvan yaqinida harbiy mashg‘ulotlar boshlagandi. Tashrifdan keyin esa orol atrofida bir qancha hududlarda mashg‘ulotlarga start berildi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi siyosatchining tashrifiga keskin norozilik bildirdi va uni qoraladi. Uning safari “Yagona Xitoy” tamoyili va uchta Xitoy-AQSH kommunikelari qoidalarini jiddiy ravishda buzishi urg‘ulandi. Pekin, shuningdek, Vashingtonni Xitoyni nazorat qilish uchun Tayvandan foydalanishni to‘xtatishga chaqirdi. Bundan tashqari, diplomatik departament mamlakat suverenitetini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishiga ishontirdi.

Oq uyning fikricha, Pelosining Tayvanga tashrifi Xitoy suverenitetini buzmagan, AQSH ma’muriyati esa “o‘zini qo‘rqitishga yo‘l qo‘ymasligiga” ishontirgan. Amerika rasmiylari mintaqada keskinlikning kuchayishiga hech qanday sabab yo‘qligini ta’kidlamoqda.

Kreml Pelosining safarini mintaqadagi keskinlikni kuchaytiruvchi provokatsiya deb atadi. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov dunyoning barcha davlatlari buni qayd etayotganiga e’tibor qaratdi va Rossiyaning Xitoy bilan birdamligini qayd etdi.

Xitoy harbiylari Pelosi tashrifidan keyin shay holatga keltirildi. Armiya Tayvan atrofidagi bir nechta nuqtada harbiy mashg‘ulotlar boshladi.

Xitoy-Tayvan masalasi

Tayvan 1949 yilda Chan Kayshi (1887-1975) boshchiligidagi Gomindan qo‘shinlarining qoldiqlari Xitoy fuqarolar urushida mag‘lubiyatga uchragach, orolga qochib ketganidan beri o‘z ma’muriyati tomonidan boshqariladi. O‘shandan beri Tayvan kommunistlar hokimiyatga kelishidan oldin materikda mavjud bo‘lgan sobiq Xitoy Respublikasi bayrog‘i va boshqa atributlarini saqlab qolgan.

Qo‘shma Shtatlar 1979 yilda Tayvan bilan diplomatik aloqalarni uzib, ularni XXR bilan o‘rnatgan. Vashington “yagona Xitoy” siyosatini tan olish bilan birga, ayni paytda Taybey ma’muriyati bilan aloqalarni davom ettirmoqda va orolga qurol yetkazib bermoqda. 2020 yilda AQSHning avvalgi Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Gonkongdagi vaziyat tufayli Pekin bilan munosabatlarning keskinlashuvi fonida Tayvan bilan aloqa va almashinuvlarni sezilarli darajada faollashtirdi, bu esa XXR rasmiylarining noroziligiga sabab bo‘ldi. 

AQSH Tayvanning asosiy qurol yetkazib beruvchisidir. Joriy yilning aprel oyida Davlat departamenti Patriot zenit-raketa tizimlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 95 million dollarlik shartnomani ma’qulladi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy-Tayvan'

Baholaganlar

34

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing