Xitoy Suriyaga iqtisodiy yordam ko‘rsatishga va’da berdi 

Olam

image

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Suriya Prezidenti Bashar Asadni qayta saylangani bilan tabrikladi va terrorizmga qarshi urush natijasida vayron bo‘lgan mamlakatga iqtisodiy yordam ko‘rsatishga va’da berdi. Bu haqda Xitoy Markaziy televideniyesi xabar bergan. 

“Xitoy Suriyaning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi. Xitoy-Suriya hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilishi uchun COVID-19 epidemiyasiga qarshi kurashda, mamlakat iqtisodiyotini tiklashda va aholi turmushini yaxshilashda har tomonlama yordam beradi”, deyilgan xabarda. 

Si Szinpin o‘zining tabrik telegrammasida Xitoy va Suriya o‘rtasidagi an’anaviy yaxshi munosabatlarni qayd etgan. 

“Men Xitoy-Suriya munosabatlarini rivojlantirishga katta ahamiyat beraman va bundan-da katta yutuqlarga erishish uchun Prezident Asad bilan birgalikda Xitoy-Suriya munosabatlarini rivojlantirishga tayyorman”, degan Si Szinpin. 

Eslatib o‘tamiz, Suriya Arab Respublikasining amaldagi rahbari Bashar Asad joriy yilning 26 may kuni o‘tkazilgan saylovlarda 95 foizdan ortiq ovoz olib, prezidentlikka qayta saylangandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Xitoy

Baholaganlar

52

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing