Xitoy roveri Marsdan Yerga fotosuratlar yubordi

Texnologiya

image

Xitoyning Marsga uchirgan roveri Zhurong (“Chjuchjun”) Yerga qizil sayyora sathidan bir qator suratlarni, shu jumladan selfilarini yubordi. Fotolar Xitoy Xalq Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakolatxonasining rasmiy Twitter sahifasida e’lon qilindi.

Joriy yilning may oyida Marsga tushgan robot sayyora yuzasida simsiz kamera o‘rnatgan va keyin o‘zini suratga olish uchun qisqa masofaga orqaga qaytgan. Ikkinchi rasmda faqatgina qo‘nish platformasi ko‘rsatilgan. Uchinchi fotosuratda qo‘nish joyidan ufqning panoramasi ko‘rsatilgan. Platforma va roverda Xitoy bayroqlarini ham ko‘rish mumkin.

Rasmlar Xitoy Xalq Respublikasi Milliy kosmik boshqarmasi tomonidan missiyaning muvaffaqiyatli davom etishi sharafiga bag‘ishlangan marosimda taqdim etildi. 

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning “Tyanven-1” kosmik kemasidan “Chjuchjun” roveri joriy yilning 15 may kuni ertalab Marsga qo‘ngandi. Xitoy uchun bu Yerdan boshqa sayyoraga tushirilgan birinchi rover hisoblanadi. “Tyanven-1” Venchan kosmodromidan 2020 yil 23 iyulda uchirilgan.

Kosmik kema Mars orbitasiga taxminan yetti oylik parvozdan so‘ng, fevral oyida kirgan va ikki oydan ko‘proq vaqt davomida potensial qo‘nadigan joyni tanlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Mars

Baholaganlar

173

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing