Xitoy roveri Mars yuzasida deyarli 600 metr bosib o‘tdi
Texnologiya
−
23 iyul 2021
4157“Tyanven-1” missiyasi doirasida Xitoy tomonidan chiqarilgan “Chjujun” marsoxodi Qizil sayyora yuzasida deyarli 600 metrni bosib o‘tdi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy televideniyesi xabar bergan.
“23 iyul holatiga ko‘ra, “Chjujun” Mars sathida jami 585 metrni bosib o‘tdi”, deyilgan xabarda.
Xuddi shu kuni telekanal avtomatik sayyoralararo stansiyaning qo‘nish paytidan 21 iyulgacha bo‘lgan marshrutini namoyish etdi: u shimoldan janubga qarab harakatlangan.
Ma’lumot o‘rnida, stansiya joriy yilning 15 may kuni qo‘ngan. Yetti kundan keyin “Chjujun” sayyora yuzasiga tushib, Mars tuprog‘ini, ionosferasini va iqlimini o‘rganishga kirishgan. Qurilma 92 Yer kunida ishlashga mo‘ljallangan.
Missiya o‘tgan yilning 23 iyulida boshlangan. Marsoxod Qizil sayyoraga Xitoy janubidagi Xaynan provinsiyasidagi Venchan kosmodromidan uchirilgan “Chanchjen-5” raketa tashuvchisi orqali yetkazib berilgan.
Avvalroq, Xitoyning Marsga uchirgan roveri “Chjujun” Yerga Qizil sayyora sathidan bir qator suratlarni, shu jumladan selfilarini yuborgandi.
LiveBarchasi