Xitoy Rossiyaning tarafini olib, BMTga qarshi chiqdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Xitoy Rossiyaning Ukrainadagi AQSH biolaboratoriyalari faoliyati haqidagi savollarini qonuniy deb hisoblaydi. Bu haqda kecha, 2 noyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Xavfsizlik kengashi (XK) yig‘ilishida Xitoyning jahon tashkilotidagi doimiy vakili o‘rinbosari Gen Shuan ma’lum qildi. 

“Joriy yilning mart oyidan beri Rossiya AQSHning Ukraina hududida biologik sohada harbiy amaliyotlar olib borayotganiga shubha borligi haqida Xavfsizlik Kengashiga bir necha bor da’volar yuborgan. Biz [bakteriologik (biologik) va zaharli qurollarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va zaxiralashni taqiqlash va ularni yo‘q qilish to‘g‘risida] Konvensiyaga rioya qilishning har qanday dalillari xalqaro hamjamiyatning to‘liq e’tiborini qozonishi va manfaatdor tomonlar tomonidan tegishli javoblar va tushuntirishlarga loyiq bo‘lishi kerak, deb hisoblaymiz”, degan Xitoy diplomati.

Xitoy Xalq Respublikasi vakilining o‘rinbosari sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan maslahat yig‘ilishida Rossiyaning shikoyatlariga to‘liq javoblar bo‘lmagani, shuning uchun Rossiya ishtirokchi davlat sifatida o‘z shikoyatlarini Xavfsizlik Kengashiga yuborganini ta’kidladi.  

“Bu oqilona va qonuniydir va uni to‘sib bo‘lmaydi”, dedi Gen Shuan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 2 noyabr kuni BMT Xavfsizlik kengashi Ukrainadagi Amerika biologik laboratoriyalari faoliyatini tekshirish uchun Xavfsizlik kengashi komissiyasini tuzishni nazarda tutuvchi Rossiya rezolyutsiyasi loyihasini qabul qilmadi.

Hujjatni Rossiya va Xitoy yoqlab, Britaniya, AQSH va Fratsiya esa qarshi ovoz berdi. Xavfsizlik kengashining qolgan a’zolari – Albaniya, Gabon, Gana, Hindiston, Irlandiya, Keniya, Meksika, Norvegiya va Birlashgan Arab Amirliklari betaraf qoldi. 


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy BMT Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

376

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing