Xitoy Rossiyaning “katta akasi”ga aylandimi?

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Xitoy RFning “katta akasi” ekani haqidagi fikrlarni rad qildi. Vazir “Izvestiya” nashriga bergan intervyusida bu boradagi mulohazalarini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Moskva boshqa davlatlar bilan aloqalarini o‘zaro manfaat asosida quradi. Rasmiy Pekin bilan ham ayni tamoyillar bo‘yicha aloqalar o‘rnatilgan va bugungi kunda bu hamkorlik mutlaq strategik darajaga ko‘tarilgan.

“Bu ko‘p tarmoqli hamkorlik va strategik munosabat. Ularning o‘zaro manfaatli xarakteri ko‘plab kelishuv va boshqa hujjatlarda belgilash bilan cheklanmay, bosqichma-bosqich hayotga tadbiq qilinyapti”, deb ta’kidladi Lavrov.

Lavror rasmiy Pekinning tashqi siyosat strategiyasi ham shunday tamoyillarga asoslanishini qo‘shimcha qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Sergey Lavrov Rossiya-Xitoy

Baholaganlar

153

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing