Xitoy Rossiyaga qaraganda tahlikaliroqdir – AQSH Milliy razvedkasi

Olam

image

AQSH Milliy razvedka direktori Jon Retkliffning aytishicha, Xitoy AQSH uchun eng katta tahlikadir. Bu haqda “Fox News” xabar bermoqda.

“Bu barcha sohalarda Amerikaning ustunligiga qarshi tura oladigan "yagona mamlakat”, dedi u.

Retkliff Rossiya haqida gapirganida katta tahlikaga bo‘lgan nuqtai nazar haqida o‘z fikrini bildirdi.

"Boshqa narsalarni tenglashtiradigan yoki "Bilasizmi, Rossiya katta tahdid", deydiganlar, razvedkani siyosiylashtirishadi", dedi u.

Retkliff, shuningdek, demokrat Jo Baydenni razvedkaning siyosiylashtirilishini ortda qoldirishga va Xitoy bilan halol bo‘lishga chaqirdi.

Avvalroq, Davlat kotibi Mayk Pompeo ham Xitoy AQSHga Rossiyadan ko‘ra ko‘proq xavf tug‘dirayotganini aytgan edi. AQSH Bosh prokurori Uilyam Barr XXR Rossiya Federatsiyasidan ko‘ra faolroq, deb hisoblashini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Xitoy

Baholaganlar

204

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing