Xitoy Rossiyadan ko‘proq gaz olishni rejalashtirmoqda

Olam

image

Xitoy Rossiyadan gaz yetkazib berish hajmini oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Kecha, muzokaralar kuni “Gazprom” Xitoyga quvur orqali gaz yetkazib berish bo‘yicha tarixiy rekordni yangiladi. Tomonlar ta’minotni kengaytirish masalalarini muhokama qildi”, deydi Kreml matbuot kotibi.

Shuningdek, u “Sibir kuchi-2” tarmog‘i ham faol muhokama qilingani, quvur tranzit o‘tadigan Mo‘g‘uliston tomoni bilan ham barcha tafsilotlar va rasmiyatchiliklar allaqachon kelishib olinganini ma’lum qildi. 

Bundan tashqari, Peskov Xitoy tinchlik rejasiga to‘xtalar ekan, ikki davlat rahbarlari Moskvadagi muzokaralarda buni muhokama qilmaganini aytgan. Shu o‘rinda, Ukraina tinchlik rejasi ham muhokama qilinmagan. Yetakchilar Xitoy tinchlik rejasi o‘z ichiga olgan bandlar bo‘yicha fikr almashgan, xolos. 
Peskovning aytishicha, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Pekin uning Kiyev tinchlik rejasiga qo‘shilish taklifiga javob bermaganidan afsusdaligi Xitoy va Ukraina o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlargagina taalluqli masala.

Rossiya rahbari Putin esa Xitoyning Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasining ko‘plab bandlarini G‘arb va Kiyev bunga tayyor bo‘lganda, kelishuv uchun asos qilib olishi mumkin ekanini aytgan. Shu bilan birga, u hozircha ular bunga tayyor emasligini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20-22 mart kunlari Si Szinpin davlat tashrifi bilan Rossiyada bo‘ldi. Bu Xitoy rahbarining XXR raisi etib qayta saylanganidan keyingi ilk tashrifi edi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Rossiya Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing