Xitoy Rossiya-Ukraina urushida hech qaysi tomonga qurol yetkazmagani aytildi
Olam
−
07 mart 2023
5123Xitoy hukumati Ukrainadagi mojaroda hech bir tomonga qurol yetkazib bermagan hamda bu to‘qnashuv ortidan Pekinga nisbatan ayblovlarga va unga qarshi tahdidlarga e’tiroz bildiradi. Bu haqda bugun, 7 mart kuni Butunxitoy xalq vakillari kengashi (parlament) sessiyasi doirasidagi yillik matbuot anjumanida Xitoy Tashqi ishlar vaziri Sin Gang ma’lum qildi.
“Xitoy bu inqirozni qo‘zg‘atmagan va hech qachon mojaro taraflaridan biriga qurol yetkazib bermagan, bundan manfaatdor ham emas. Nega ular javobgarlikni Xitoyga yuklashga harakat qilmoqda? Bu hatto sanksiyalar va tahdidlarga ham tegishli. Bu biz uchun qabul qilinishi mumkin emas”, degan Xitoy TIV rahbari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH va uning ittifoqchilari Pekin urush vaqtida Moskvaga yordam bersa, unga qarshi sanksiyalar joriy etishini aytgan edi. Keyinchalik Bayden Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashganda ham shu masalaga to‘xtalgan, kansler ham uni qo‘llab quvvatlagandi. Xitoy tarafi esa AQSHning bunday ayblov va tahdidlariga toqat qilmasligini bildirgandi. Shuningdek, Xitoy Ukrainaga o‘lim qurollarini joylashtirgani uchun Vashingtondan izoh talab qilgandi.
LiveBarchasi