Vashington Xitoyni Rossiyaga yordam berishda ayblamoqda. Bunga Pekin nima deydi?
Olam
−
27 fevral 2023
9074Rasmiy Pekin AQSH “Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatmoqda” degan ayblovi bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarga tahdid va bosim qila olmasligini ta’kidladi. Bu haqda bugun, 27 fevral kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Ning ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Mao Ning Oq uyning Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatishi haqidagi tobora kuchayib borayotgan aybovlarini Qo‘shma Shtatlarning Xitoy-Rossiya munosabatlariga hujum qilishi deb baholab, Pekin AQSHning tahdidlari va bosimiga toqat qilmasligini aytgan.
“Vashington Kiyevni doimiy ravishda halokatli qurollar bilan ta’minlaydi, shuningdek, Pekin bilan erishilgan kelishuvlarga rioya qilmay, Tayvan oroliga qurol sotadi. AQSH dunyoga bu bo‘yicha izoh berishi kerak”, degan TIV vakili.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Xitoyning Rossiyaga harbiy yordam yuborishi mumkin ekanini aytgandi. AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken ham Vashington tez orada Xitoyning Rossiya tomoniga harbiy yordam ko‘rsatayotganiga oid ba’zi dalillarni e’lon qilishini bildirgandi.
Alibek Beyjanov
LiveBarchasi