Xitoy Pentagondan ham katta qo‘mondonlik markazini qurmoqda – FT
Olam
−
31 yanvar 9476 2 daqiqa
Xitoy harbiylari Pekinning g‘arbiy qismida ulkan majmua qurmoqda, bu esa Pentagondan ancha kattaroq urush davridagi qo‘mondonlik markazi bo‘lib xizmat qiladi. Bu haqda manbalarga tayanib, “Financial Times” nashri xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, qurilish allaqachon 6 km² dan ortiq maydonni egallagan bo‘lib, unda mamlakat oliy rahbariyati uchun bunkerlar ham joylashadi. “Financial Times” sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini baholash asosida yirik qurilish ishlari 2024 yil o‘rtalarida boshlanganini da’vo qilmoqda. Xususan, Amerika razvedkasi ushbu ob’ektni diqqat bilan kuzatmoqda. Harbiylar uni “Pekin harbiy shaharchasi” deb atamoqda.
AQSH Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq tahlilchisi Dennis Uaylderning fikricha, bu Xitoyning yadro salohiyatini sezilarli darajada kuchaytirish niyatidan darak beradi. Ob’ekt mustahkam beton to‘siq va chuqur tunnellarni o‘z ichiga oladi. Xitoyning bunday qurilishidan maqsadi global falokatga bardosh berishdir.
“Tasdiqlansa, harbiy rahbarlar uchun, jumladan, Markaziy harbiy komissiya raisi sifatida Si Szinpin uchun mo‘ljallangan ushbu yangi ilg‘or yerosti qo‘mondonlik bunkeri Pekinning nafaqat jahon darajasidagi shartli kuchlarni, balki yadroviy urushga qarshi ilg‘or salohiyatni ham yaratishdan dalolat beradi”, deydi Markaziy razvedka boshqarmasining Xitoy tahlili bo‘yicha sobiq rahbari Dennis Uaylder.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon rahbarining birinchi o‘rinbosari Ketlin Xiks AQSH Xitoy bilan strategik raqobatda sovet blokiga qarshi sovuq urush davrida qo‘llanilgan taktikani ishlatib, g‘alaba qozona olmasligini aytgandi.
Mohimbegim Ma’rufaliyeva
Live
Barchasi