Xitoy Oyga bayrog‘ini o‘rnatdi

Olam

image

Xitoyning Oyga uchirilgan “Chan’e-5” fazoviy qurilmasi Yerning tabiiy yo‘ldoshi sirtiga Xitoy bayrog‘ini o‘rnatdi. Bu haqda TASS nashri Xitoy milliy koinot boshqarmasi ma’lumotlariga asoslanib ma’lumot berdi.

Fazoviy qurilma modullaridan biri Oy sirtiga qo‘nib, undan tuproq namunalarini olgan hamda Oy sirtida maxsus materialdan ishlangan 12 gramm keluvchi bayroqni o‘rnatgan. “Chan’e-5” buning isboti sifatida Oyda o‘rnatilgan bayroq suratini Yerga yuborgan.

Hozirda “Chan’e-5” Oydan olingan tuproq bilan yo‘ldoshni tark etgan. Tez orada u orbital modul bilan birlashadi.

Ma’lumot uchun, “Chan’e-5” qurilmasi 24 noyabrda “Chanchjen-5” raketasi yordamida orbitaga chiqarilgandi. Qurilmaning qaytariluvchi moduli Oydan olingan tuproq namunasi bilan 16 dekabrda Yerga qo‘nishi rejalashtirilgan.

Agar missiya muvaffaqiyatli yakunlansa, Xitoy 44 yil ichida Oy sirtidan olingan geologik namunalarni Yerga yetkazgan birinchi davlat bo‘ladi.

Shu o‘rinda qayd etish kerakki, bugungacha Oyga ikki dalvat: AQSH va SSSR o‘z bayrog‘ini o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Oy

Baholaganlar

262

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing