Xitoy orbitaga yana bir josuslik apparatini uchirdi
Olam
−
24 fevral
4805Kecha, 23 fevral kuni Xitoy harbiy razvedka maqsadida koinotga yana bir sun’iy yo‘ldoshini uchirdi. Bu haqda Xitoyning “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, sun’iy yo‘ldosh “Long March-5 Y7” raketasi yordamida Xaynan orolidagi “Vinchang” kosmik markazidan uchirilgan.
Ma’lum qilinishicha, orbitaga chiqarilgan apparat ko‘p diapazonli va yuqori tezlikdagi aloqa texnologiyasi tajribalarida qo‘llaniladi. Shuningdek, josuslik apparatining funksiyasi sir saqlansa-da, u erta ogohlantirish, signal razvedkasi va boshqa harbiy maqsadlarda foydalanilishi taxmin qilinmoqda.
Ma’lumot uchun, Xitoyning Aerokosmik fan va texnologiya korporatsiyasi (CASC) sun’iy yo‘ldosh nomi “TJCW-11” ekanligini bildirdi. Xitoychada “aloqa”, “texnologiya” va “sinov” ma’nolarini anglatuvchi “tongxin”, “jishu” va “shiyan” so‘zlarining bosh harflaridan kelib chiqqan “TJS” sun’iy yo‘ldoshi harbiy razvedka maqsadida foydalanilishi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning “Geely” kompaniyasi bortida 11 ta sun’iy yo‘ldoshi bo‘lgan “Long March-2C” raketasining ikkinchi guruhini orbitaga uchirgandi.
Ulkanbayeva Rayhona
LiveBarchasi