Xitoy odamlarni Oyga yuborish uchun qattiq bel bog‘ladi
Olam
−
13 iyul 2023
3549Kecha, 12 iyul kuni Xitoy rasmiylari Oyga odamlarni jo‘natish uchun yangi loyiha boshlaganini ma’lum qildi.
Unda aytilishicha, kecha, 12 iyul kuni Xitoy kosmik agentligi (XKA)ning bosh muhandis o‘rinbosari Chjan Xaylian Uxan shahrida bo‘lib o‘tgan aerokosmik sammitda bu borada dastlabki ma’lumotlarni oshkor qilgan.
“2030 yilgacha amalga oshirilishi kutilayotgan missiya Oy tadqiqot stansiyasini tashkil etish loyihasining bir qismidir. Bu missiyada keyinchalik odamlar ko‘chiriladigan ob’ektni qanday qilib qurishni o‘rganiladi hamda Oyni o‘rganish va boshqa tajribalarni amalga oshirishga imkon beradi”, deydi Chjan.
“Global Times” davlat nashriga ko‘ra, mazkur missiyada ikkita raketa bir-biriga tutashmasdan oldin Oyga qo‘nuvchi kosmik kemani sayyora orbitasiga yuboradi. Kema o‘rnatilganidan keyin uning bortida bo‘lgan xitoylik astronavtlar Oy yuzasiga tushish uchun maxsus qurilmaga kirishadi. Ular tomonidan Oydan na’munalar yig‘iladi hamda shu yerda tadqiqot olib boriladi. O‘rganishlar yakunlangach, ular kemaga keladi va orbitada kutayotgan ikkinchi kosmik kema bilan birlashib, Yerga qaytadi.
“Hozirda missiyaga tayyorgarlik ko‘rish uchun xitoylik tadqiqotchilar barcha zarur jihozlarni, jumladan, skafandrlar, Oyda boshqariladigan robotlar, kosmik kemalarni ishlab chiqarish bilan band”, deyiladi xabarda.
Xitoy Oyga qancha kosmonavt yuborishni rejalashtirayotgani haqida ma’lumotni ochiqlamagan.
LiveBarchasi