Xitoy NATOga: kimdir bizga “tizimli muammo” tug‘dirsa, befarq qoldirmaymiz

Olam

image
AQSH va Rossiya Xitoyga qarshi birlashadimi? north_east

AQSH va Rossiya Xitoyga qarshi birlashadimi?

Xitoy Xalq Respublikasi NATOni “Xitoy tahdidi” haqidagi turli xil nazariyalarni avj oldirishni to‘xtatishga chaqirdi. Pekin boshqa davlatlar uchun “tizimli muammolar” yaratishga intilmaydi. Bu haqda XXRning Yevropa Ittifoqidagi missiyasi bayonotida aytilgan.  

Xitoy missiyasi NATOning Bryusseldagi sammiti paytida XXRga qarata aytilgan bunday bayonotlarni Xitoyning tinch rivojiga tuhmat deb atagan. 

“Bu xalqaro vaziyatni va uning (tashkilot — tahr.) rolini noto‘g‘ri baholashdir. Asosan esa bu sovuq urush mentaliteti va blok siyosati psixologiyasining davomidir”, deyilgan missiya bayonotida. 

Hujjatda Xitoy Xalq Respublikasining milliy mudofaa va armiyani modernizatsiya qilish sohasidagi yutuqlari oqilona,   qonuniy, ochiq va oshkora ekani ta’kidlangan. Qayd etilishicha, joriy yilda davlat mudofaasi byudjeti 1,35 trillion yuanga (taxminan 209 milliard dollar) yetib, YAIMning 1,3 foizini tashkil etgan, bu esa NATO byudjetining ikki foizidan ham kamroq. 

Xitoy bu yil NATOga a’zo 30 davlatning umumiy harbiy xarajatlari 1,17 trillion dollarni tashkil qilishi kutilayotganiga e’tibor qaratgan, bu butun dunyo harbiy xarajatlarining yarmidan va Xitoynikidan 5,6 baravar ko‘p deganidir. 

“Oxir oqibat, butun dunyodagi odamlar Yer yuzi bo‘ylab kimning harbiy bazalari joylashgani va kimning aviatashuvchilari o‘z kuchlarini namoyish qilayotganini aniq ko‘rishlari mumkin”, deyilgan bayonotda. 

Shu bilan birga, Xitoy boshqalar uchun “tizimli muammolar” yaratmoqchi emasligini, ammo kimdir XXRga “tizimli muammo” tashlamoqchi bo‘lsa, mamlakat befarq qolmasligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Xitoy

Baholaganlar

153

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing